Koreya va Özbekistonni til, taʼlim va madaniyat orqali yaqinlaştiruvçi onlayn makon. Koreya haqida özbek tilida öqib örganiş, özbek tilini esa koreys va ingliz tillarida kaşf etiş imkoniyati.
Ikki mamlakat, ikki madaniyat. Til, taʼlim va yangi kaşfiyotlar bir makonda.
Bilim oliş, yangi tillarni örganiş va imkoniyatlarni kaşf etiş InoBiba bilan yanada qulay!
Örganiş dars bilan çeklanmaydi. Kundalik hayot, şaxsiy tajribalar va madaniy muloqot orqali yangi bilim va qaraşlarni kaşf eting.
InoBiba Koreya va Özbekiston örtasida til, taʼlim va madaniyat sohalarida bilim va tajriba almaşinuvini rivojlantirişga qaratilgan mustaqil onlayn platformadir.
Maqsadimiz Koreyada taʼlim oliş, yaşaş va koreys tilini örganişga oid foydali maʼlumotlarni özbek tilida sodda, tuşunarli va işonçli tarzda yetkazişdir. Şu bilan birga, özbek tili va madaniyatini koreys hamda ingliz tillarida sözlaşuvçi auditoriyaga taniştiriş, tillar va madaniyatlar örtasida özaro tuşunişni mustahkamlaşga intilamiz.
Faoliyatimizda işonçli manbalarga tayaniş, maʼlumotlarni xolis va aniq yoritiş hamda turli madaniyatlarga hurmat bilan yondaşiş tamoyillariga amal qilamiz.