InoBiba Til · Taʼlim ·Madaniyat · Kaşfiyot
KOREYADA TAʼLIM

Koreyada taʼlim: A dan Z gaça

Koreyada taʼlim olişni rejalaştiryapsizmi?

Til kurslari, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlaridan tortib, öqişga hujjat topşiriş, stipendiyalar, talabalik vizasi, öqiş davomida işlaş hamda bitirgandan keyingi imkoniyatlargaça: barça muhim maʼlumotlar bir joyda.

Konkuk universiteti kampusi, Seul
Konkuk universiteti kampusi, Seul · Foto: InoBiba

01Koreyada taʼlim oliş yöllari

Koreyada oliy taʼlim olişning ikki asosiy yöli mavjud: til kurslari orqali tayyorgarlik köriş yoki bevosita oliy taʼlim dasturiga kiriş.

Agar koreys tilini biliş darajangiz yetarli bölmasa, avval universitet qoşidagi til markazida koreys tilini örganiş (D-4-1 vizasi), söngra bakalavriat (D-2-2), magistratura (D-2-3) yoki doktorantura (D-2-4) dasturiga kiriş mumkin. Til va boşqa qabul talablariga javob beradigan nomzodlar esa tegişli taʼlim dasturiga bevosita hujjat topşirişlari mumkin.

1Til kursi → Oliy taʼlim dasturiUniversitet qoşidagi til markazida 6 oydan 2 yilgaça koreys tilini örganiş → talab etilgan TOPIK darajasiga erişiş → bakalavriat, magistratura yoki doktorantura dasturiga hujjat topşiriş. Uşbu yöl koreys tilini endigina örganişni boşlayotgan yoki til biliş darajasi universitetning qabul talablariga hali javob bermaydigan nomzodlar uçun tavsiya etiladi.
2Bevosita oliy taʼlim dasturiga kirişÖzbekistonda koreys tilini örganib, universitet talab qilgan TOPIK darajasiga erişiş yoki ingliz tilida olib boriladigan taʼlim dasturlari uçun tegişli til sertifikatini oliş → bakalavriat, magistratura yoki doktorantura dasturiga bevosita hujjat topşiriş. Uşbu yöl til biliş darajasi va boşqa qabul talablariga javob beradigan nomzodlar uçun qulay bölib, Koreyada qöşimça til kurslarida öqişga sarflanadigan vaqt va mablağni tejaş imkonini beradi.
3Koreya hukumati stipendiyasi (GKS) orqali taʼlim olişGlobal Korea Scholarship (GKS) dasturi orqali bir yillik koreys tili kursi hamda bakalavriat, magistratura yoki doktorantura bosqiçida öqiş xarajatlari moliyalaştiriladi. Dastur talablariga javob bergan nomzodlar koreys tilini bilmasalar ham hujjat topşirişlari mumkin. Uşbu yöl Koreyada stipendiya asosida oliy taʼlim olişni istaganlar uçun yaxşi imkoniyatdir.

02Talabalik vizalari: D-4-1 va D-2

Koreyada taʼlim oliş uçun talab etiladigan viza turi tanlangan taʼlim dasturiga boğliq. Universitet qoşidagi koreys tili kurslarida öqiş uçun D-4-1 vizasi, oliy taʼlim, ilmiy tadqiqot va talabalar almaşinuvi dasturlarida iştirok etiş uçun esa tegişli turdagi D-2 vizasi rasmiylaştiriladi.

MezonD-4-1: Koreys tili kursiD-2: Oliy taʼlim
Kimlar uçun?Universitet qoşidagi koreys tili markazlarida tahsil oluvçilarKollej, bakalavriat, magistratura, doktorantura, ilmiy tadqiqot va talabalar almaşinuvi dasturlari iştirokçilari
Asosiy hujjatlarQabul xati, moliyaviy imkoniyatni tasdiqlovçi hujjat, pasport, avvalgi taʼlim bosqiçini tasdiqlovçi hujjat va boşqalarStandart qabul xati, moliyaviy imkoniyatni tasdiqlovçi hujjat, pasport, avvalgi taʼlim bosqiçini tasdiqlovçi hujjat va boşqalar
Koreyada qoliş muddatiTil kursining davomiyligiga qarab belgilanadi va tegişli şartlar asosida uzaytiriladi.Taʼlim dasturi va öqiş bosqiçiga qarab belgilanadi hamda uzaytiriladi.
Öqiş davomida işlaşKelganidan 6 oy ötgaç, talablar bajarilsa ruxsat oliş mumkin (08-bölim).Aksariyat D-2 viza turlarida belgilangan talablar bajarilgan taqdirda, öqişning boşidanoq işlaş uçun ruxsat oliş mumkin.

D-2 vizasining asosiy turlari

Muhim eslatma: D-4-1 yoki D-2 vizasiga ega böliş avtomatik ravişda işlaş huquqini bermaydi. Öqiş davomida işlaş uçun tegişli talablarni bajariş va immigratsiya organlaridan oldindan ruxsat oliş zarur. Viza rasmiylaştiriş talablari va zarur hujjatlar röyxati özgarişi mumkin.

Rasmiy maʼlumot manbalari: Study in Korea | Hi Korea | Korea Visa Portal

Muhim: hujjat topşirişdan oldin universitetni tekşiring

Koreyada taʼlim oliş uçun universitet tanlaşda nafaqat uning nufuzi, taʼlim sifati va öqiş xarajatlariga, balki xorijiy talabalarni qabul qiliş hamda viza rasmiylaştiriş bilan boğliq holatiga ham eʼtibor beriş zarur.

Koreya Taʼlim vazirligi xorijiy talabalarni jalb qiliş va ularning taʼlim olişi uçun yaratilgan şaroitlarni muntazam ravişda baholab boradi. Belgilangan talablarga javob bermagan oliy taʼlim muassasalariga xorijiy talabalar uçun viza beriş böyiça çeklovlar qöllanilişi mumkin.

2026-yil 12-fevralda eʼlon qilingan rasmiy maʼlumotga köra, xorijiy talabalarni qabul qiliş va boşqariş böyiça belgilangan talablarga javob bermagan 20 ta oliy taʼlim muassasasiga viza beriş böyiça çeklovlar belgilandi:

  • 16 ta oliy taʼlim muassasasi: oliy taʼlim dasturlari (D-2);
  • 4 ta oliy taʼlim muassasasi: koreys tili kurslari (D-4-1).

Mazkur çeklovlar 2026-yil kuzgi semestridan boşlab bir yil davomida amal qiladi.

Hujjat topşiriş va öqiş tölovini amalga oşirişdan oldin quyidagilarni tekşiring:

  • Universitetning xalqaro taʼlim sifatini baholaş tizimi (IEQAS) böyiça sertifikatlanganlik holati;
  • Universitet viza beriş çeklangan taʼlim muassasalari röyxatiga kiritilgan yoki kiritilmaganligi;
  • Tanlangan taʼlim dasturi böyiça amaldagi qabul va viza talablari.

Rasmiy maʼlumot manbalari: Study in Korea | Koreya Taʼlim vazirligining rasmiy eʼloni

03Moliyaviy imkoniyatni tasdiqlaş

Koreyada taʼlim oliş uçun viza rasmiylaştirişda qabul xati bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatni tasdiqlovçi hujjatlar ham muhim ahamiyatga ega.

Nomzod öqiş tölovi va Koreyada yaşaş xarajatlarini qoplaş uçun yetarli mablağga ega ekanligini bank hisobidagi mablağ töğrisidagi maʼlumotnoma, stipendiya ajratilganligini tasdiqlovçi hujjat yoki homiylik hujjatlari orqali tasdiqlaşi lozim.

Talab qilinadigan mablağ miqdori

Viza turiMoliyaviy talab (umumiy möljal)Izoh
D-4-1: Koreys tili kursi8–10 mln vonUniversitet joylaşgan hudud va kurs davomiyligiga qarab farq qilişi mumkin.
D-2: Oliy taʼlim dasturi16–20 mln vonUniversitet, taʼlim dasturi va viza rasmiylaştiriş talablariga qarab farq qilişi mumkin.

Eslatma: Jadvaldagi summalar umumiy möljal sifatida keltirilgan. Özbekiston fuqarolari uçun alohida moliyaviy talablar belgilanişi mumkin.

Bank hisobidagi mablağ böyiça tavsiyalar

Hujjat topşirişdan oldin albatta tekşiring

Moliyaviy imkoniyatni tasdiqlaş uçun talab etiladigan mablağ miqdori, uni bank hisobida saqlaş muddati, bank maʼlumotnomasining amal qiliş muddati hamda qöşimça hujjatlarga oid talablar özgarişi mumkin.

Özbekiston Respublikasidagi Koreya Respublikasi elçixonasi 2026-yil 11-iyunda talabalik vizasi uçun zarur hujjatlar va arizalarni körib çiqiş mezonlariga oid yangilangan maʼlumotlarni koreys, özbek va rus tillarida eʼlon qilgan.

Rasmiy maʼlumot manbalari: Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi: talabalik vizasi talablari | Study in Korea: viza va Koreyada yaşaş tartibi

04Hujjat topşirişdan Koreyaga kelişgaça

Koreyada taʼlim olişga tayyorgarlikni imkon qadar erta boşlaş tavsiya etiladi. Universitet va taʼlim dasturini tanlaşdan boşlab, viza rasmiylaştiriş va Koreyaga kelgandan keyingi rasmiy jarayonlargaça quyidagi bosqiçlarni hisobga oling.

  1. Universitet va taʼlim dasturini tanlaş

    Öqiş boşlanişidan 6–12 oy oldin tayyorgarlikni boşlaş tavsiya etiladi. Universitetning taʼlim sifati, sertifikatlanganlik holati, qabul talablari, öqiş tölovi, joylaşgan hududi, yotoqxona şaroitlari va stipendiya imkoniyatlarini örganing hamda özaro taqqoslang.

  2. Zarur hujjatlarni tayyorlaş

    Universitet va taʼlim dasturiga qarab quyidagi asosiy hujjatlar talab qilinişi mumkin:

    • Xorijga çiqiş pasporti;
    • Attestat yoki diplom va baholar qaydnomasi;
    • Taʼlim hujjatlarining apostil yoki konsullik legalizatsiyasi orqali tasdiqlangan nusxalari;
    • Özi haqida maʼlumot beruvçi xat (Personal Statement);
    • Öqiş rejasi (Study Plan);
    • TOPIK yoki ingliz tilini biliş darajasini tasdiqlovçi sertifikat;
    • Moliyaviy imkoniyatni tasdiqlovçi hujjatlar;
    • Universitet tomonidan talab etiladigan boşqa hujjatlar.
  3. Universitetga hujjat topşiriş

    Koreya universitetlarida bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlariga qabul odatda yiliga ikki marta, bahorgi (mart) va kuzgi (sentyabr) semestrlar uçun amalga oşiriladi.

    Universitet qoşidagi koreys tili markazlarida esa odatda yiliga tört marta, bahor, yoz, kuz va qiş fasllarida yangi öquv davri boşlanadi.

    Hujjatlarni qabul qiliş muddatlari öqiş boşlanişidan bir neça oy oldin belgilanişi sababli universitetning rasmiy qabul jadvalini oldindan tekşiring.

  4. Qabul natijasi va rasmiy qabul xatini oliş

    Universitetga qabul qilinganingizdan söng, belgilangan tartibda öqiş tölovini amalga oşiring. Universitet viza rasmiylaştiriş uçun zarur bölgan standart qabul xatini (표준입학허가서, Standard Admission Letter) va boşqa tegişli hujjatlarni taqdim etadi.

  5. Talabalik vizasini rasmiylaştiriş

    Qabul xati va boşqa zarur hujjatlar asosida tegişli D-4-1 yoki D-2 vizasiga ariza topşiring.

    Viza uçun hujjatlar Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi belgilagan tartibda topşiriladi. Ayrim hollarda universitet orqali viza berişni tasdiqlovçi hujjat (사증발급인정서) rasmiylaştirilişi mumkin.

    Sil (tuberkulyoz) kasalligi böyiça tibbiy maʼlumotnoma talab etilgan hollarda elçixona tomonidan belgilangan tibbiyot muassasasiga murojaat qiliş lozim.

  6. Koreyaga keliş va xorijiy fuqaro sifatida röyxatdan ötiş

    Viza olganingizdan söng, Koreyaga safar qiliş, turar joy, yotoqxonaga joylaşiş va öqişni boşlaş bilan boğliq tayyorgarlik işlarini amalga oşiring.

    Kelganingizdan keyin 90 kun içida xorijiy fuqaro sifatida röyxatdan ötiş şart (09-bölimga qarang).

    Köplab universitetlarning xalqaro aloqalar bölimlari xorijiy talabalarga uşbu jarayonda amaliy yordam körsatadi.

Muhim eslatma

Universitetga qabul qiliniş talabalik vizasi albatta berilişini anglatmaydi. Universitetga qabul qiliş va viza beriş alohida jarayonlar hisoblanadi.

Rasmiy maʼlumot manbalari: Study in Korea: Koreyada taʼlim oliş | Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi: viza talablari | Korea Visa Portal: viza maʼlumotlari | Hi Korea: immigratsiya va yaşaş tartibi

05TOPIK: koreys tilini biliş darajasini aniqlaş imtihoni

TOPIK (Test of Proficiency in Korean, 한국어능력시험) koreys tilini biliş darajasini baholovçi rasmiy imtihondir.

TOPIK sertifikati Koreyada oliy taʼlim muassasalariga kiriş, stipendiya oliş, öqiş davomida işlaş uçun ruxsat oliş, ayrim hollarda vizani uzaytiriş yoki viza turini özgartiriş hamda öqişni tamomlagandan keyin işga joylaşişda muhim ahamiyatga ega.

TOPIK imtihonining turlari va darajalari

Imtihon turiDarajaTil biliş darajasi
TOPIK I1–2Boşlanğiç
TOPIK II3–4Örta
5–6Yuqori

Sertifikatning amal qiliş muddati: imtihon natijalari eʼlon qilingan kundan boşlab 2 yil.

Universitetga kiriş va öqişni tamomlaş uçun til talablari

TOPIK imtihonining şakllari

Imtihon şakliTavsifi
TOPIK PBTQoğoz şaklida topşiriladigan imtihon
TOPIK IBTKompyuter orqali topşiriladigan imtihon
TOPIK SpeakingKoreys tilida oğzaki nutq könikmalarini baholovçi alohida imtihon

InoBiba tavsiyasi

Koreys tilida oliy taʼlim olişni rejalaştirayotgan bölsangiz, kamida TOPIK 4-darajaga, imkon qadar 5–6-darajaga erişişni maqsad qiling. Yuqori darajadagi til bilimi nafaqat universitetga kiriş va stipendiya oliş imkoniyatlarini kengaytiradi, balki maʼruzalarni tuşuniş, yozma topşiriqlarni bajariş va kelajakda işga joylaşişda ham katta yordam beradi.

Muhim eslatma: TOPIK imtihonini ötkaziş sanalari, yil davomidagi imtihonlar soni, imtihon şakllari va röyxatdan ötiş tartibi mamlakatga qarab farq qiladi. Universitetlarning til biliş darajasiga oid talablari ham bir xil emas.

Rasmiy maʼlumot manbalari: TOPIK: imtihon jadvali, röyxatdan ötiş va natijalar | Study in Korea: til biliş darajasiga oid talablar

06Stipendiyalar: GKS va universitet stipendiyalari

Koreyada xorijiy talabalar uçun turli stipendiya dasturlari mavjud. Ular orasida Koreya hukumati tomonidan moliyalaştiriladigan GKS dasturi hamda universitetlarning öz stipendiyalari keng tarqalgan. Uşbu imkoniyatlardan foydalaniş orqali öqiş tölovi va yaşaş xarajatlarini qisman yoki töliq qoplaş mumkin.

1GKS (Global Korea Scholarship: Koreya hukumati stipendiyasi)

GKS Koreya Respublikasi hukumati tomonidan moliyalaştiriladigan va Milliy xalqaro taʼlim instituti (NIIED) tomonidan amalga oşiriladigan xalqaro stipendiya dasturidir.

Dastur xorijiy talabalarga Koreyada bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqiçlarida stipendiya asosida taʼlim oliş imkonini beradi. Stipendiya doirasida öqiş tölovi, koreys tili kursi, aviaçipta, yaşaş xarajatlari va boşqa belgilangan xarajatlar qoplanadi.

GKS-U va GKS-G dasturlarining asosiy talablari

MezonGKS-U (bakalavriat)GKS-G (magistratura va doktorantura)
Yoş çegarasi25 yoşga tölmagan nomzodlarOdatda 40 yoşga tölmagan nomzodlar
MaʼlumotiMaktab, akademik litsey yoki tegişli taʼlim muassasasini tamomlagan yoki tamomlaş arafasidagi nomzodlarMagistratura uçun bakalavr diplomi, doktorantura uçun magistr diplomi
Özlaştiriş körsatkiçlari100 ballik tizimda kamida 80 ball, eng yuqori natija körsatgan 20% öquvçi yoki talabalar qatorida böliş yoxud belgilangan GPA talabiga javob beriş100 ballik tizimda kamida 80 ball, eng yuqori natija körsatgan 20% talabalar qatorida böliş yoxud belgilangan GPA talabiga javob beriş
Öqiş töloviSemestriga 5 mln vongaça NIIED tomonidan moliyalaştiriladi.Semestriga 5 mln vongaça NIIED tomonidan moliyalaştiriladi.
Koreys tili kursiOdatda 1 yilOdatda 1 yil
Moliyaviy yordam2027-yilgi dastur: til kursi davomida yiliga 13,56 mln von, oliy taʼlim davomida yiliga 14,4 mln von2026-yilgi dastur: til kursi davomida yiliga 14,4 mln von, oliy taʼlim davomida yiliga 16,56 mln von
AviaçiptaDastur şartlariga muvofiq qoplanadi.Dastur şartlariga muvofiq qoplanadi.
Hujjat topşiriş davriOdatda sentyabr–noyabrOdatda fevral–mart

Eslatma: stipendiya miqdori, yoş çegarasiga oid mezonlar, qabul kvotalari va boşqa talablar har yili yangilanişi mumkin. Ayrim dasturlarda koreys tili kursidan ozod etiliş imkoniyati ham mavjud.

GKS dasturiga hujjat topşiriş yöllari

GKS dasturiga hujjat topşirişning ikki asosiy yöli mavjud:

Nomzod va uning ota-onasi Koreya Respublikasi fuqaroligiga ega bölmasligi lozim. Faqat GKS dasturining tegişli yil uçun eʼlon qilingan röyxatiga kiritilgan universitet va taʼlim yönalişlariga hujjat topşiriş mumkin.

GKS dasturiga tayyorgarlik böyiça InoBiba tavsiyasi

2027-yilgi GKS-U dasturining elçixona orqali hujjat qabul qiliş muddati 2026-yil 30-sentyabrda yakunlangan. 2027-yilgi GKS-G dasturi böyiça qabul eʼloni esa 2027-yil fevral oyida çiqişi kutilmoqda.

Tanlovda iştirok etişni rejalaştirayotgan bölsangiz, quyidagi hujjatlarni oldindan tayyorlaşni boşlang:

  • Diplom yoki attestat va baholar qaydnomasi;
  • Apostil yoki tegişli tartibda tasdiqlangan taʼlim hujjatlari;
  • Tavsiyanomalar;
  • Özi haqida maʼlumot beruvçi xat (Personal Statement);
  • Öqiş rejasi (Study Plan);
  • TOPIK, IELTS yoki TOEFL sertifikatlari (mavjud bölsa).

TOPIK sertifikati köplab GKS dasturlariga hujjat topşirişda majburiy bölmasa-da, tanlov jarayonida ustunlik berişi mumkin. Şuningdek, akademik natijalar, puxta yozilgan öqiş rejasi va asosli tavsiyanomalar ham muhim ahamiyatga ega.

2Universitet stipendiyalari

Koreyaning köplab universitetlari xorijiy talabalar uçun öz stipendiya dasturlariga ega. Uşbu stipendiyalar universitetga yangi qabul qilingan talabalar uçun ham, tahsil olayotgan talabalar uçun ham ajratilişi mumkin.

Stipendiya turiAjratiş mezonlari
Yangi qabul qilingan talabalar uçun stipendiyaTOPIK yoki ingliz tilini biliş darajasi, avvalgi taʼlim bosqiçidagi baholar va qabul natijalari asosida belgilanadi.
Öqiş davomida ajratiladigan stipendiyaOdatda avvalgi semestrdagi akademik natijalar va universitetning içki talablariga asoslanadi.
Ilmiy tadqiqot stipendiyasiMagistratura va doktorantura talabalariga ilmiy tadqiqot loyihalarida iştirok etiş asosida ajratilişi mumkin.
Maxsus stipendiyalarUniversitet, jamğarma, taşkilot yoki kompaniyalar tomonidan alohida mezonlar asosida ajratiladi.

Ayrim universitetlarda xorijiy talabalar til biliş darajasi va akademik natijalariga qarab öqiş tölovining 30–100 foizi miqdorida stipendiya olişlari mumkin.

Muhim eslatma: universitet stipendiyasi har doim ham yaşaş, yotoqxona, aviaçipta va boşqa kundalik xarajatlarni qoplamaydi. Stipendiyaning amal qiliş muddati, qoplanadigan xarajatlar va keyingi semestrlarda uni saqlab qoliş şartlarini oldindan örganing.

Rasmiy maʼlumot manbalari: Study in Korea: GKS va boşqa stipendiya dasturlari | Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi | tanlangan universitetning rasmiy sayti va xalqaro aloqalar bölimi.

07Öqiş va yaşaş xarajatlari

Koreyada taʼlim oliş xarajatlari universitet, mutaxassislik, hudud va turar joy şaroitiga qarab farq qiladi. Quyidagi summalar moliyaviy reja tuziş uçun taxminiy körsatkiç sifatida keltirilgan.

Xarajat turiTaxminiy summaIzoh
Koreys tili kursi1,5–1,9 mln von / 10 haftaYiliga odatda 4 ta öquv davri
Bakalavriat (davlat universiteti)2–3 mln von / semestrXususiy universitetlarga nisbatan arzonroq
Bakalavriat (xususiy universitet)3,5–5 mln von / semestrMutaxassislikka qarab farq qiladi.
Magistratura va doktorantura3–6 mln von / semestrStipendiya oliş imkoniyatlari mavjud.
Talabalar yotoqxonasi250–500 ming von / oyOvqatlaniş tölovga kiritilganligini tekşiring.
Ijara uyi (Seul)500–800 ming von va undan yuqori / oyGarov puli va kommunal tölovlar alohida
Oylik yaşaş xarajatlari750 ming – 1 mln von va undan yuqoriTurar joy, oziq-ovqat, transport va aloqa
Tibbiy suğurtaTaxminan 79 ming von / oy2026-yilda tegişli imtiyoz qöllanilganda

InoBiba tavsiyasi

  • Davlat universitetlari va Seuldan taşqaridagi universitetlarni ham körib çiqing.
  • TOPIK darajasi va akademik natijalar asosida ajratiladigan stipendiyalarni örganing.
  • Öqiş va yaşaş xarajatlarini faqat işlab topiladigan daromad hisobidan qoplaşni rejalaştirmang.

Eslatma: Oylik yaşaş xarajatlariga turar joy xarajatlari ham kiritilgan.

Rasmiy manbalar: Study in Korea | Academy Info | NHIS

08Öqiş davomida işlaş (Part-time)

D-4-1 va D-2 vizasiga ega xorijiy talabalar belgilangan şartlar asosida öqişdan böş vaqtlarida işlaşlari mumkin. Ruxsat etilgan iş soatlari taʼlim bosqiçi, koreys tilini biliş darajasi, akademik natijalar va universitetning sertifikatlanganlik holatiga qarab belgilanadi.

Eng muhim qoida: iş boşlaşdan oldin universitetning tegişli bölimidan tasdiq va immigratsiya idorasidan işlaş uçun rasmiy ruxsat (시간제취업허가) oliş şart. Ariza körib çiqilayotgan vaqtda işlaş ham ruxsatsiz mehnat faoliyati hisoblanadi.

Ruxsat etilgan haftalik iş soatlari (2026-yil holatiga)

Taʼlim dasturiTil
talabi
Til talabi
bajarilmasa
Til talabi
bajarilsa
Imtiyozli
şartlarda
D-4-1: Til kursiTOPIK 210 soat20 soatYöq
D-2: KollejTOPIK 310 soat25 soat30 soat
D-2: Bakalavriat (1–2-kurs)TOPIK 310 soat25 soat30 soat
D-2: Bakalavriat (3–4-kurs)TOPIK 410 soat25 soat30 soat
D-2: Magistratura va doktoranturaTOPIK 415 soat30 soat35 soat

Jadvalda duşanbadan jumagaça ruxsat etiladigan haftalik iş soatlari keltirilgan. TOPIK örniga KIIP (사회통합프로그램) yoki Qirol Sejong instituti (세종학당) dasturlarining tegişli bosqiçlarini tamomlaganlik ham tan olinişi mumkin.

Asosiy şartlar va çeklovlar

Işlaş uçun ruxsat oliş tartibi

Iş beruvçi bilan mehnat şartnomasini tuziş → universitetdan tasdiq oliş → Hi Korea orqali yoki immigratsiya idorasiga ariza topşiriş → rasmiy ruxsat oliş → iş boşlaş.

InoBiba tavsiyasi

Işga kirişdan yoki iş joyini özgartirişdan oldin universitetning xorijiy talabalar bilan işlaş bölimiga murojaat qiling. Ruxsatsiz işlaş jarima, vizani uzaytirişda muammolar va boşqa jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.

Muhim eslatma: Koreyada xorijiy talabalarning mehnat faoliyatiga oid qoidalar yangilanib bormoqda. Ayrim maxsus taʼlim dasturlarida qöşimça imtiyozlar mavjud.

Rasmiy manbalar: Study in Korea: işlaş tartibi | Hi Korea | Immigratsiya axborot markazi: 1345.

09Koreyaga kelgandan keyin bajarilişi lozim bölgan işlar

Koreyaga kelganingizdan söng qonuniy yaşaş, taʼlim oliş va kundalik hayotingizni yölga qöyiş uçun quyidagi masalalarga eʼtibor bering.

Bajariladigan işlarMuhim maʼlumotlar
Xorijiy fuqaro sifatida röyxatdan ötiş (외국인등록)Koreyaga kirgan kundan boşlab 90 kun içida röyxatdan ötiş va yaşaş kartasini (Residence Card) rasmiylaştiriş zarur.
Yaşaş manzilini özgartiriş (체류지 변경신고)Yangi manzilga köçib ötgandan keyin 15 kun içida tegişli idoraga xabar beriş şart.
Milliy tibbiy suğurta (국민건강보험)D-2 talabalari odatda xorijiy fuqaro sifatida röyxatdan ötgan kundan, D-4-1 talabalari esa Koreyaga kirganidan 6 oy ötgaç suğurta tizimiga avtomatik ravişda aʼzo böladilar. Oylik suğurta badallarini öz vaqtida tölaş lozim.
Bank hisobi va mobil aloqaYaşaş kartasi olingaç, bank hisobini oçiş va telefon raqamini rasmiylaştiriş ança osonlaşadi.
Davomat va akademik natijalarDarslarda muntazam qatnaşiş va yaxşi akademik natijalarni saqlaş vizani uzaytirişda muhim ahamiyatga ega. Til kursi talabalariga davomatni kamida 90 foiz darajasida saqlaş tavsiya etiladi.

Akademik taʼtil va viza muddatiga eʼtibor bering

InoBiba tavsiyasi: Akademik taʼtilga çiqiş, universitetni almaştiriş yoki öqişni töxtatişdan oldin universitetning xalqaro aloqalar bölimi va immigratsiya idorasidan maslahat oling.

Rasmiy manbalar: Hi Korea | Study in Korea | NHIS: Milliy tibbiy suğurta xizmati

Immigratsiya masalalari böyiça maʼlumot markazi: 1345

10Öqişni tamomlagandan keyingi imkoniyatlar

Koreyada oliy taʼlimni tamomlagan xorijiy talabalar tegişli talablarga javob bergan taqdirda iş qidiriş, mutaxassisligi böyiça işlaş yoki uzoq muddat Koreyada yaşaş imkonini beruvçi viza turlariga ötişlari mumkin.

D-10Iş qidiriş vizasiKoreya universitetini tamomlagandan söng iş qidiriş va ruxsat etilgan amaliyot dasturlarida iştirok etiş davrida Koreyada qonuniy qoliş imkonini beradi. Koreya universitetlari bitiruvçilari uçun ayrim yengilliklar mavjud.
E-7Maxsus kasbiy faoliyat vizasiBelgilangan kasblar va mutaxassisliklar böyiça Koreyada işga joylaşgan xorijiy mutaxassislar uçun möljallangan. Maʼlumot, kasbiy malaka, iş haqi va iş beruvçiga oid tegişli talablar mavjud.
F-2-7Ball tizimi asosida yaşaş vizasiMaʼlumot darajasi, yoş, daromad, koreys tilini biliş darajasi va boşqa mezonlar böyiça yetarli ball töplagan hamda tegişli talablarga javob beradigan xorijiy mutaxassislarga Koreyada uzoq muddat yaşaş imkonini beradi.

K-STAR: fan va texnologiya sohasidagi iqtidorli mutaxassislar uçun maxsus dastur

Koreya Adliya vazirligi tomonidan tanlangan universitetlarda fan va texnologiya yönalişlari böyiça magistratura yoki doktorantura bosqiçini tamomlagan iqtidorli mutaxassislar uçun möljallangan.

Universitet rektorining tavsiyasi asosida quyidagi imkoniyatlardan foydalaniş mumkin:

InoBiba tavsiyasi

Koreyada öqişni tamomlagandan keyin işlaş yoki uzoq muddat yaşaşni rejalaştirayotgan bölsangiz, bitirişdan kamida bir yil oldin tayyorgarlikni boşlang. Universitetning xalqaro aloqalar va işga joylaşişga kömaklaşiş bölimlaridan maslahat oling.

11Köp beriladigan savollar

Koreys tilini umuman bilmasam ham Koreyada öqişim mumkinmi?

Ha. Universitet qoşidagi til markazida (D-4-1 vizasi) koreys tilini boşlanğiç darajadan örganişingiz, ingliz tilida olib boriladigan taʼlim dasturlariga hujjat topşirişingiz yoki GKS stipendiyasi doirasida koreys tili kursida tahsil olişingiz mumkin. Biroq kundalik hayot, öqiş davomida işlaş va kelajakda işga joylaşiş uçun kamida TOPIK 3–4-darajaga erişiş tavsiya etiladi.

Universitetga kiriş uçun til kursida qança vaqt öqiş kerak?

Bu sizning boşlanğiç til biliş darajangiz, özlaştiriş surʼatingiz va universitetning qabul talablariga boğliq. Muntazam öqiş orqali taxminan bir yil (4 ta öquv davri) davomida TOPIK 3–4-darajaga erişiş mumkin. Ayrim universitetlar öz til markazlarida tahsil olgan nomzodlarga qabul jarayonida yoki öqiş tölovida imtiyozlar taqdim etadi.

Seul yoki boşqa hududlardagi universitetlar: qaysi birini tanlagan maʼqul?

Seulda işga joylaşiş, amaliyot ötaş va professional aloqalar örnatiş imkoniyatlari köproq bölişi mumkin. Biroq yaşaş xarajatlari ham odatda yuqoriroq. Seuldan taşqaridagi universitetlarda öqiş va yaşaş xarajatlari nisbatan arzonroq bölişi, şuningdek, qulay stipendiya imkoniyatlari mavjud bölişi mumkin. Universitet tanlaşda faqat joylaşuviga emas, balki taʼlim sifati, mutaxassislik va kelajakdagi kasbiy imkoniyatlarga ham eʼtibor bering.

Talabalik vizasi rad etilişi xavfini qanday kamaytiriş mumkin?

Quyidagi jihatlarga alohida eʼtibor bering:

  • Xalqaro taʼlim sifati böyiça sertifikatlangan (IEQAS) universitetni tanlaş;
  • Yetarli moliyaviy imkoniyat va mablağ manbasini tasdiqlaş;
  • Taʼlim oliş maqsadini aniq ifodalovçi, asosli öqiş rejasini tayyorlaş;
  • Barça hujjatlarni belgilangan talablarga muvofiq, töliq va töğri rasmiylaştiriş.

Uşbu talablarga javob beriş viza oliş imkoniyatini oşirişi mumkin, ammo viza berilişini kafolatlamaydi.

Oila aʼzolarimni Koreyaga olib kelişim mumkinmi?

D-2 vizasiga ega talabalar tegişli talablarga javob bergan taqdirda turmuş örtoği va voyaga yetmagan, nikoh qurmagan farzandlarini F-3 (hamroh oila aʼzosi) vizasi orqali Koreyaga taklif qilişlari mumkin. D-4-1 vizasiga ega til kursi talabalari uçun hamroh oila aʼzolarini taklif qilişda qöşimça talablar va çeklovlar mavjud bölişi mumkin. Moliyaviy imkoniyat, turar joy va boşqa amaldagi talablarni oldindan tekşiriş zarur.

Rasmiy manbalar: Study in Korea | Hi Korea | Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi

12Rasmiy maʼlumot manbalari

Koreyada taʼlim oliş, viza rasmiylaştiriş, stipendiyalar va yaşaş tartibiga oid işonçli hamda yangilangan maʼlumotlarni quyidagi rasmiy manbalardan olişingiz mumkin.

Rasmiy saytMaʼlumotlar
Study in KoreaKoreyada taʼlim oliş, universitetlar, qabul talablari, GKS va boşqa stipendiyalar
Hi KoreaViza muddatini uzaytiriş, viza turini özgartiriş, xorijiy fuqarolarni röyxatga oliş, işlaş uçun ruxsat va elektron navbat
Korea Visa PortalViza turlari, talablar, ariza topşiriş tartibi va natijalar
TOPIKImtihon jadvali, röyxatdan ötiş, imtihon natijalari va sertifikatlar
Socinet (KIIP)Ijtimoiy integratsiya dasturi, koreys tili va Koreya jamiyatiga oid kurslar
Academy InfoUniversitetlar, öqiş tölovi, stipendiyalar va taʼlimga oid statistik maʼlumotlar
NHISMilliy tibbiy suğurta tizimi, suğurta badallari va xizmatlar
Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasiÖzbekiston fuqarolari uçun viza talablari, GKS tanlovlari va rasmiy eʼlonlar

Telefon orqali maslahat oliş

☎ 1345: Xorijiy fuqarolar uçun axborot markazi

Viza, immigratsiya va Koreyada yaşaş tartibiga oid masalalar böyiça köp tilli maslahat xizmati.

InoBiba eslatmasi

Uşbu qöllanma Koreyada taʼlim olişni rejalaştirayotganlarga umumiy maʼlumot beriş va tayyorgarlik jarayonida yöl-yöriq körsatiş maqsadida tayyorlangan.

Universitetga qabul talablari, viza qoidalari, stipendiya şartlari va tölovlar vaqt ötişi bilan özgarişi mumkin. Şu sababli hujjat topşiriş yoki muhim qarorlar qabul qilişdan oldin tegişli rasmiy manbalardagi amaldagi maʼlumotlarni tekşirişingizni tavsiya etamiz.

InoBiba rasmiy taʼlim yoki immigratsiya organi hisoblanmaydi. Saytdagi maʼlumotlar individual huquqiy yoki viza maslahati örnini bosmaydi.

↑ Yuqoriga